RASMAN: MARKO OBRADOVICh "NEFTChI" AʼZOSI

Toshkent shahrida yangi futbol mavsumiga qizgʻin tayyorgarlik koʻrayotgan "Neftchi" jamoamiz oʻquv-yigʻin jarayonida koʻrikka taklif etilgan futbolchilar bilan shartnoma imzolashda davom etmoqda. Bugun jamoa koʻrigida boʻlib turgan va murabbiylar shtabida iliq taassurotlar uygʻotgan tajribali va mohir serbiyalik hujumchi Marko Obradovich bilan oʻzaro kelishuvga erishildi. Unga koʻra, futbolchi joriy mavsum oxirigacha "Neftchi" PFK jamoasi sharafini himoya qiladi. Fursatdan foydalanib,"Neftchi" PFK rahbariyati,murabbiylar shtabi va koʻpming sonli muxlislari nomidan Marko Obradovichga jamoamiz oldiga qoʻyilgan yuqori maqsadlarni roʻyobga chiqarishda va jamoamiz sharafini munosib himoya qilishidagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz. "Neftchi" matbuot xizmati