Yangiliklarga qaytish
Umumiy

RASMAN: MARKO OBRADOVICh BILAN ShARTNOMA BEKOR QILINDI.

27-oktabr, 2021·1 min o'qish
DSC_0061

Joriy futbol mavsumida "Neftchi" tarkibida oʻzining yorqin va sermahsul oʻyinlari bilan Pro liga toʻpurari sifatida ommaga tanilib ulgurgan serbiyalik legioner Marko Obradovichning jamoa bilan tuzgan shartnomasi ikki tomonlarning kelishuviga koʻra muddatidan oldin bekor qilindi. Shuningdek, jamoada jismoniy tayyorgarlik boʻyicha ish yuritgan serbiyalik mutaxassis Aleksandr Stoymirovich bilan ham ikki tomonlama kelishuv asosida tuzilgan shartnomasi bekor qilindi. "Neftchi" futbol klubi nomidan Marko Obradovich hamda Aleksandr Stoymirovichga Pro liga musobaqasida chempionlik va Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritib, jamoamizning muvaffaqiyatlariga qoʻshgan ulkan hissalari uchun minnatdorchilik bildiramiz va keyingi sport sohasidagi faoliyatlariga omad va zafarlar tilab qolamiz .

095c890c-c30c-4a23-afc6-8d5fc8599318
Ulashish

O'xshash yangiliklar