Yangiliklarga qaytish
Umumiy

RASMAN! HUSNIDDIN GʻOFUROV "NEFTChI" AʼZOSI

10-yanvar, 2022·1 min o'qish
photo_2022-01-10_10-45-54

Xabaringiz bor, shu kunlarda Ilhom Moʻminjonov boshchiligidagi "Neftchi" futbol klubi yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini Toshkent shahrida olib bormoqda. Oʻquv-mashgʻulot yigʻini mobaynida jamoa tarkibini shakllantirish boʻyicha seleksiya ishlari ham davom etmoqda. Bugun klub rahbariyati navbatdagi transferni amalga oshirdi va oʻtgan mavsumda AGMK tarkibida toʻp surgan tajribali yarim himoyachi Husniddin Gʻofurov bilan bir yilga moʻljallangan shartnoma imzoladi. Maʼlumot oʻrnida, faoliyati davomida Toshkentning "Lokomotiv", "Paxtakor" AGMK va "Surxon" jamoalarida toʻp surgan. Oʻtgan mavsumni AGMK tarkibida jami 23 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 bora raqiblar darvozasini ishgʻol etgan. Jamoamiz va muxlislarimiz nomidan tajribali futbolchi "Neftchi" safida yanada gʻayrat va shijoat bilan harakat qilib, jamoa sharafini yuksak choʻqqilarga koʻtarishga munosib hissa qoʻshishiga ishonamiz. "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar