RASMAN! DARKO STANOEVICh "NEFTChI" AʼZOSI

Yangi futbol mavsumida qizgʻin tayyorgarlik olib borayotgan "Neftchi" jamoasining transfer sohasidagi faoliyati davom ettirilmoqda.Bugun klubimiz ixtiyoriga mamlakatimizning "Navbahor", AGMK, "Surxon","Mashʼal" singari jamoalarida legioner maqomida yorqin oʻyinlari bilan nom qozongan serbiyalik tajribali himoyachi Darkor Stanoevich kelib qoʻshildi va shu kunning oʻzida futbolchi bilan rasmiy shartnoma imzolandi. Kunning ikkinchi yarmida tajribali himoyachi "Neftchi"ning oʻquv-yigʻin mashgʻulotlaridagi harakatini boshlab yubordi. Aytib oʻtish joizki, yaqin kunlarda jamoaga yana bir tajribali legioner hujumchining kelishi qoʻshilishi kutilmoqda. Shu oʻrinda bugundan "Neftchi" sharafini himoya qilishga kirishgan Darkor Stanoevichga jamoamizdagi futbolchilik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. "Neftchi" matbuot xizmati