Yangiliklarga qaytish
Umumiy

Rasman: Angliya Premyer-ligasi 17 iyundan davom ettiriladi

29-may, 2020·1 min o'qish
qfmCW6Gi4A2CqvYvjbAaPlu2Ibwexk_normal

Angliya Premyer-ligasi rasmiy sayti chempionat bahslari 17 iyundan davom ettirilishini rasman eʼlon qildi. «Premyer-liga aksiyadorlari barcha ehtiyot choralari va talablarga rioya qilingan holda chempionat uchrashuvlarining 17 iyun kunidan davom ettirilishi borasida kelishuvga erishishdi», - deyiladi rasmiy bayonotda. Oldinroq, dastlab qoldirilgan oʻyinlar - «Aston Villa» – «Sheffild Yunayted» va «Manchester Siti» – «Arsenal» uchrashuvlari 17 iyun kuni oʻtkazilishi haqida xabar berilgandi. Navbatdagi oʻyinlar 19-20 iyun kunlari oʻtkaziladi. Mavsum 1-2 avgustgacha yakunlanishi, 8 avgustda esa Angliya kubogi finali oʻtkazilishi aytilgan edi. manba: tribuna.uz

Ulashish

O'xshash yangiliklar