RASMAN! ALEKSANDR YeShICh "NEFTChI" FUTBOLChISI

Pro liganing ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlikni boshlab yuborgan Ilhom Moʻminjonov boshchiligidagi "Neftchi" jamoasi tarkibni kuchaytirish maqsadida bir qator futbolchilar bilan kelishuvga erishdi. Yozgi transfer oynasi kuchga kirganidan foydalangan klub mutasaddilari bugun "Neftchi" qarorgohida jamoa ixtiyoriga kelib qoʻshilgan serbiyalik Aleksandr Yeshich bilan rasmiy shartnoma imzoladilar. Maʼlumot oʻrnida, Aleksandr Yeshich 1994 yilda Serbiyaning Gorni Milanovats shahrida tavallud topgan. Ampluasi yarim himoyachi. Faoliyati davomida "Borats Chachak"," OFK Belgrad "," Vojdovats" va "Metalats" kabi klublarda toʻp surgan. Soʻnggi jamoasi "Mladost Luchani" tarkibida 32 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini 3 marta ishgʻol qilishga erishdi. Jamoamiz va koʻpming sonli muxlislarimiz nomidan Aleksandr Yeshichga "Neftchi" sharafini munosib himoya qilishidagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz. "Neftchi" matbuot xizmati