RASMAN! AKMAL ShORAHMEDOV BILAN ShARTNOMA IMZOLANDI

Yangi futbol mavsumiga tayyorgarlik olib borayotgan va bugungi kunda anʼanaviy "Hokim Kubogi-2021" musobaqasida Ilhomjon Moʻminjonov bosh murabbiyligida ijobiy oʻyin namoyish etayotgan "Neftchi" futbol klubi oʻz tarkibini yangi ijrochilar bilan toʻldirishda davom etmoqda. Bugun kunning birinchi yarmida, qator nomdor jamoalarda, xususan "Olmaliq", "Paxtakor","Nasaf", "Bunyodkor", "Andijon", "Soʻgʻdiyona", "Navbahor" klublarida va Oʻzbekiston milliy terma jamoasida yorqin faoliyat yuritgan tajribali Akmal Shorahmedov "Neftchi" PFK bilan rasmiy shartnoma imzoladi. Akmal Shorahmedovga jamoamiz oldiga qoʻyilgan yuqori maqsadlarni roʻyobga chiqarishda va klubimiz sharafini munosib himoya qilishdagi faoliyatida omadlar tilab qolamiz. "Neftchi" FK matbuot xizmati