Yangiliklarga qaytish
Umumiy

Rasman! 31 mayga qadar Rossiyada futbol boʻlmaydi

2-aprel, 2020·1 min o'qish

Vaziyat Rossiyada ham keskin tus olmoqda.

Rossiya futbol ittifoqi ijroqoʻmi koronavirus pandemiyasining tarqalishi tufayli mamlakatdagi barcha futbol musobaqalarini 31 mayga qadar toʻxtatishga qaror qildi. Tashkilot rasmiy saytining xabar qilishicha, pandemiya tufayli yuzaga kelgan vaziyat ish beruvchilar va ishchilarga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra yuzaga kelgan fors-major holati, deb topilgan. Hozirda Rossiya premyer-ligasida ikki nafar hamyurtimiz - Eldor Shomurodov (“Rostov”) va Oston Oʻrunov (“Ufa”) toʻp surmoqda. Manba: sports.uz

Ulashish

O'xshash yangiliklar