Pro liga yangi mavsumiga 12 mart kuni qurʼa tashlanadi
1-mart, 2021·1 min o'qish

OʻzPFL Pro liga bellashuvlari translyasiyasi huquqiga egalik qiluvchi UzReport bilan kelishgan holda yangi mavsumga qurʼa tashlash marosimini 12 mart kuni oʻtkazishga qaror qildi. Bungacha Coca-Cola Superligasiga qurʼa tashlash marosimlari jonli efirga uzatib kelingan boʻlsa, endilikda tarixda ilk bor Pro liga vakillari ham jonli efirda namoyish etiladigan qurʼa marosimiga tashrif buyuradi. Pro liga mavsumi 22 martdan eʼtiboran start oladi. Dastlabki tur uchrashuvlari 22-23-24 mart sanalarida boʻlib oʻtadi. FIFA kunlari davom etayotgan 27-28-29 mart kunlarida Pro liga 2-turi oʻtkaziladi. Taqvimning qolgan qismi hamda qurʼa tashlash marosimining qaerda tashkil etilishi tez orada eʼlon qilinadi. Manba: pfl.uz