Yangiliklarga qaytish
Umumiy

Pro liga. "Neftchi" "Oq-tepa"ga 7ta gol urdi.

23-may, 2021·1 min o'qish
DSC_0130

Bugun Pro liganing sakkizinchi turidan oʻrin olgan "Neftchi" - "Oq-tepa" uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Ilhom Moʻminjonov boshchiligidagi "Neftchi" Pro liganing navbatdagi turida oʻz maydonida Toshkentning "Oq-tepa" jamoasini qabul qildi. Uchrashuvda katta ustunlikka ega boʻlgan maydon egalari buni hisobda ham aks ettira olishdi. Mezbonlar poytaxt klubi darvozasini naqd yetti bor aniq nishonga olishdi. Marko Obradovich dubl qayd etgan boʻlsa, yosh iqtidorli futbolchi Sardor Abdunabiev beshta golga mualliflik qildi va toʻpurarlar poygasida ikkinchi oʻringa chiqib oldi. PRO-Liga. 8-tur. "Neftchi" - "Oq-tepa" 7:0 Fargʻona. "Istiqlol" stadioni. Hakamlar: Gʻayrat Joʻraev, Nikita Afinogenov,Rustam Togʻaev, Shohruh Aʼzamov Nazoratchi: Andrey Klepikov Komissar: Jamshid Imomov. Gollar: Marko Obradovich, 22 (1:0), Sardor Abdunabiev, 24 (2:0), Marko Obradovich, 41 (3:0), Sardor Abdunabiev, 51 (4:0), Sardor Abdunabiev, 63 (5:0), Sardor Abdunabiev, 64 (6:0), Sardor Abdunaniev, 69 (7:0) "Neftchi": 45. Akbar Toʻraev, 2. Akmal Shorahmedov, 7. Sobit Sindarov, 10. Sardor Abdunabiev (Otabek Zokirov), 14. Sherzod Karimov (Izzatilla Abdullaev), 17. Abdulloh Olimov (Abdul Aziz Yusupov), 18. Shavkatjon Mullajanov, 21. Aʼzamjon Aliev (Umar Adhamzoda), 31. Saydullo Rahmatov (Xudoshukur Sattorov), 44. Darko Stanoevich, 91. Makro Obradovich Zaxira: 1. Mashhurjon Muhammadjonov, 5. Darko Stanoevich, 25. Sarvar Soliev, 33. Tohirjon Shamsiddinov "Oq-tepa": 12. Umidjon Hamroev, 4. Samuel Opeks, 6. Sunnatilla Mamadaliev (Sherzod Qodirov), 8. Xazratjon Tursunqulov, 10. Estevan Ospina, 20.Olimjon Karimov, 23. Javohir Bahtiyorov, 29. Muhammad Ali Mansurov (Talgat Nigmatullin), 55. Avaz Agaliev, 88. Islombek Karimov, 96. Shohjahon Qilichev (Ubaydullo Xalikulov) Zaxira: 3. Aziz Toshkenboev, 77. Asadbek Ismoilov

Ulashish

O'xshash yangiliklar