Yangiliklarga qaytish
Umumiy

YaKUNIY BAHS SANASI OʻZGARDI.

26-noyabr, 2020·1 min o'qish
IMG_5743

Shu yilning 29 noyabr kuni Pro liga 20 – turi doirasida “Neftchi” – “Turon” uchrashuvi oʻtkazilishi kerak edi. Mazkur oʻyin finalga teng ahamiyat kasb etishi va har ikkala klubda Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritish imkoniyati mavjudligi ayon boʻldi. Aynan, 29 noyabr kuni Toshkent shahrida Superliga gʻolibi “Paxtakor” klubini ham taqdirlash marosimi oʻtkazilishi belgilangan boʻlib, ushbu marosimda OʻzPFL ishchi guruhi tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish uchun Toshkent shahrida jalb etiladi. Shu qatori Pro liga gʻolibini taqdirlash marosimini ham yuqori saviyada oʻtkazishni maqsad qilib belgilagan OʻzPFL ishchi guruhi, boʻlib oʻtadigan Vodiy derbisi futbol muxlislari xotirasida yaxshi maʼnoda uzoq saqlanib qolishidan manfaatdorligini bildirgan. Shundan kelib chiqib, 29 noyabr sanasiga belgilangan “Neftchi” – “Turon” bahsi 1 dekabr – seshanba kuni Fargʻonadagi “Istiqlol” markaziy stadionida oʻtishini maʼlum qilamiz “Neftchi” FK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar