Yangiliklarga qaytish
Umumiy

Pro liga debyutanti bilan ilk uchrashuv

15-sentabr, 2020·2 min o'qish
photo_2020-07-09_11-37-52

Bugun Pro liga 6 – tur oʻyinlari davom ettiriladi. “Neftchi” jamoamiz oʻz uyida “Zomin” klubini qabul qiladi. Fursatdan foydalanib, sevimli jamoamizning shu kunga qadar namoyish etgan natijalari haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtamiz. Pro liga 2020 yilgi mavsumning bugungi kun holatiga 10 ochko jamgʻarib turnir jadvalining 3 – pogʻonasini egallab kelmoqda. “Neftchi” ortda qolgan 5 tur davomida 3 ta gʻalaba, 1ta durrang va 1 marta magʻlubiyatga uchragan. Toʻplar nisbati 7-3 koʻrinishida. Jamoamiz gollariga Otabek Zokirov va Dostonbek Toshmatov 2 marta, Mansur Saidov, Jamshid Qobulov va Eldor Ergashevlar bir martadan mualliflik qilishgan. Otabek Zokirov xisobida 1 ta amalga oshirilmagan penalʼti ham bor. Bugungi bellashuv Qirgulidagi “NEFTChI” SK stadionida 16:15da start oladi. Ushbu uchrashuvda jamoamizga omad va zafarlar tilab qolamiz! “Neftchi” ning joriy mavsumdagi natijalari: Pro liga, 1-tur 3 iyul NEFTChI – DINAMO 1:0 Hakamlar: Ahmadjon Ergashev, Sherzod Aʼzamov, Islom Azimov Nazoratchi: Aleksandr Popov Komissar: Shohruh Said Gol: Jamshid Qobulov, 7 (1:0) Ogohlantirishlar: Timur Sultonov, 56, Islomjon Toshpoʻlatov, 63, Dilyorbek Irmatov, 79, Islombek Karimov, 90, Jamshid Qobulov, 90+4 – Bobur Qosimov, 25, Azamat Allaniyozov, 75 Pro liga. 2-tur 7 iyul, seshanba NEFTChI – XORAZM 3:0 Fargʻona. “Neftchi” SK Hakamlar: Rahimbek Karimov, Daler Tilloev, Otabek Qosimov, Ahror Rahmatov Nazoratchi: Islom Rahimov Komissar: Said Shohruh Gollar: Mansurjon Saidov, 40 (1:0), Otabek Zokirov, 59 penaltidan (2:0), Dostonbek Toshmatov, 89 Pro liga. 3-tur 15 iyul, chorshanba OQ-TEPA – NEFTChI 1:1 Hakamlar: Elyor Tursunov, Muzaffar Fayzullaev, Xayrulla Normatov Nazoratchi: Andrey Snetkov Komissar: Jamshid Imomov Gollar: Otabek Zokirov, 15 penalti (0:1), Vladislav Fomin, 81 penalti (1:1) Pro liga. 4-tur 2 sentyabr, chorshanba ShOʻRTAN – NEFTChI 2:1 Gʻuzor. “Gʻuzor” stadioni Hakamlar: Ilya Ilin, Shavkat Rahmatov, Aleksandr Burov, Ravshanbek Abduvohidov Nazoratchi: Hushvaqt Muxtorov Komissar: Jamshid Imomov Gollar: Dostonbek Toshmatov, 60 (0:1), Shokir Yuldashev, 89 (1:1), Nurali Padarov, 90+4 (2:1) Pro Liga. 5-tur 9 sentyabr, chorshanba ISTIQLOL – NEFTChI 0:1 (0:0) Yaypan. “Turon” stadioni Hakamlar: Akmal Rahimov, Islom Nosirov, Abdulhamid Abduraimov, Doston Mirzaraimov Nazoratchi: Shuxrat Bozorov Komissar: Jamshid Imamov Gol: Eldor Ergashev, 78 (0:1) Noaniq penalti: Otabek Zokirov, 76 (darvozabon) “Neftchi” FK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar