Yangiliklarga qaytish
Umumiy

Pro liga baxslari avgustdan boshlab davom ettiriladi

21-iyul, 2020·2 min o'qish
12

Pro liga baxslari avgustdan boshlab davom ettiriladi. 15 iyul sanasida Fargʻonaning “Neftchi” jamoasi Oʻzbekiston chempionati Pro liganing 3 – tur doirasida Toshkentning “Oqtepa” jamoasi bilan safarda bellashdi. Bu uchrashuvda fargʻonaliklar birinchi boʻlib xisobni ochishga muvaffaq boʻlishdi. Mezbonlarning darvozaboni oʻz jarima maydoni ichida qoidani qoʻpol ravishda buzganligi tufayli 11 metrli penalti belgilandi. Jarimani jamoamizning toʻpurari Otabek Zokirov aniq amalga oshirib, fargʻonaliklarni oldinga olib chiqdi 0-1. Bu xisob birinchi boʻlim oxirigacha saqlandi. Ikkinchi boʻlimda xam shijoat koʻrsatgan futbolchilarimizning xujumlari xavfli tus olib, 4 ta 100 foizlik vaziyatlarni golga aylantira olishmadi. Aksiga olib, mezbonlar oʻyin oxiriga 8 daqiqa qolganda xisobni arang tenlashtiishga erishdilar. Jangovor va qiziqarli kechgan bu baxs yakunda durang 1-1 natijasi qayt etildi. Taʼkidlash joizki, poytaxtda kechgan bu bellashuvga Oʻzbekiston MTJ va “Bunyodkor” klubining bosh murabbiyi Vadim Abramov xamda Oʻzbekiston U-19 terma jamoasi bsh murabbiyi Temur Kapadzelar tashrif buyurib, oʻyinni bevosita tribunadan kuzatdilar. Baxsdan soʻng T Kapadze oʻyin xususida oʻz fikrini bildrib oʻtdi:

7
  • "Ha, bugun oʻyinni stadiondan kuzatdik. Maydonda haqiqiy jang boʻldi. "Neftchi" avvalgi ikki turda magʻlubiyatga uchramay kelayotgandi. "Oq-tepa" ham yomon oʻyin koʻrsatmayotgandi. Barchaning ogʻzida shu jamoa. Yuqori maqsadlarni qoʻygan. Shu sababli qiziqarli oʻyin boʻlishini oldindan bilgan holda tomosha qilgani keldik. Haqiqatdan ham bellashuv jangovar muhitda oʻtdi. Ikki jamoada ham vaziyatlar koʻp boʻldi. Menimcha bu oʻyinda "Neftchi" yutishi kerak edi. Chunki, deyarli 4-ta 100 foizlik vaziyatlarni golga aylantira olmadi. 1:0 hisobini oxirigacha ushlay olishmadi. "Oq-tepa" ham uyda oʻynayotgandi, bor kuchini tashladi. Mezbonlar oxirigacha kurashdi va qimmatli bir ochkoni oldi. Toʻgʻri,"Neftchi" uch ochko yoʻqotdi, lekin bir ochko bilan ortga qaytadigan boʻldi. Bunaqa oʻyinlar qancha koʻp boʻlsa, Pro liga shuncha kuchayadi.

Lekin Pro liganing ushbu 3 – turidan oʻrin olgan “Xorazm” – “Dinamo” uchrashuvi oʻtkazilmadi. Sababi, xar ikkala jamoa aʼzolarida virus yuqtirib olganligiga gumon qilinib, ular test topshirishga majbur boʻldilar. Bu kabi muammolar Pro liganing qolgan klublarida xam paydo boʻlish extimolini xisobga olib Oʻz PFL pandemiya davrida SEOA bilan kelishilgan yoʻriqnoma shartlariga rioya qilishda qiyinchiliklarga duch kelishi munosabati bilan Pro liga musoboqalari avgustdan boshlab davom ettiriladigan boʻldi. Ungacha esa barcha futbol klublari oʻzlariga tegishli boʻlgan qarorgoxlarida karantin qoidalariga toʻliq amal qilib, faqat bir yerda istiqomat qilishadi va shu yerning oʻzida tayorgarlik mashgʻulotlarini olib borishadi. Shu qatori “Neftchi” futbolchilari xam Qirgulidagi oʻz bazalarida shugʻullanishda davom etmoqdalar. Suratlar chempionat.asia saytidan olindi

245891112131415
Ulashish

O'xshash yangiliklar