Pro liga 4 tur. "Shoʻrtan" - "Neftchi" prevyu

Jamoalar shu kungacha Oliy liga va Superliga bahslarida 24 marta, Oʻzbekiston Kubogi bahslarida 2 marta, Pro liga bellashuvlarida esa 4 marotaba oʻzaro toʻqnash kelishgan. "Neftchi" jamoasining eng yirik gʻalabasi 2005 yilda Oliy liganing 7-turida qayd etilgan boʻlib,unda fargʻonaliklar 5:0 hisobida ustun kelishgan."Shoʻrtan" klubining eng yirik gʻalabasi esa 2011 yilda Gʻuzorda qayd etilgan va 4:0 koʻrinishida yakun topgan. Oʻzaro oʻyinlar statistikasiga nazar tashlasak, "Neftchi"da 10ta gʻalaba,"Shoʻrtan"da 11ta gʻalaba. 9ta bellashuvda jamoalar murosa koʻchasini tanlashgan.Toʻplar nisbati 36ga 37 gʻuzorliklar foydasiga. Jamoalar joriy yilda bir marotaba Oʻzbekiston Kubogi doirasida uchrashishgan boʻlib, bu bahsda gʻuzorliklar 2:1 hisobida ustun kelishgan. Eslatib oʻtamiz Pro liga 4 tur "Shoʻrtan" - "Neftchi" uchrashuvi bugun 17:15 da start beriladi. ShOʻRTAN – NEFTChI Hakamlar: Ilya Ilin, Shavkat Rahmatov, Aleksandr Burov Nazoratchi: Hushvaqt Muxtorov Komissar: Jamshid Imomov "Neftchi" FK matbuot xizmati