MUSTAQILLIK BAYRAMI BILAN TABRIKLAYMIZ!

Muhtaram va qadrli vatandoshlar! "Neftchi" futbol klubi koʻpmillatli xalqimizni eng ulugʻ,eng aziz bayramimiz --.Mustaqillik kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etadi. Bugungi pandemiya davrida butun jamiyatimizni qamrab olayotgan ezgu ishlarimiz tufayli hayotimizda fayzu baraka, millatlararo doʻstlik va mehr-oqibat tuygʻulari kuchayib bormoqda. Bugunda olib borilayotgan islohotlar,oʻzgarishlar va yangi loyihalarning barchasi yagona maqsadga qaratilgan boʻlib, mehnatkash va olijanob xalqimizni rozi qilish, yurtdoshlarimizning ishonchini oqlash, ogʻirini yengil qilishdan iboratdir. Fursatdan foydalanib, sizlarni Oʻzbekiston davlat mustaqilligining 29 yillik bayrami bilan yana bir bor chin dildan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik,oilaviy xotirjamlik va yangi-yangi yutuqlar yor boʻlsin. Yurtimiz tinch,osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy boʻlsin! "Neftchi" futbol klubi