PRO LIGA 30 AVGUSTDAN BOShLAB TIKLANADI

Pro liga 3-turidan qolib ketgan “Xorazm” — “Dinamo” oʻyini 30 avgust kuni boʻlib oʻtadi. Uchrashuvga Samarqand shahri mezbonlik qiladi.
Ayni kunlarda “Neftchi”, “Istiqlol” va “Xorazm” uy stadionlaridan davlat test imtihonlari uchun foydalanilmoqda. Shundan kelib chiqib, OʻzPFL Pro liganing hozircha uch uchrashuvida mezbon jamoa nomini oʻzgartirdi. Kelishuvga koʻra, mazkur uch uchrashuv mezbonlari avval mehmonda, ikkinchi davrada esa oʻz maydonida harakat qiladi: “Dinamo” — “Xorazm” “Shoʻrtan” — “Neftchi” “Oqtepa” — “Xorazm” Hozirgacha Pro liganing 4 hamda 5-tur uchrashuvlari sanalariga aniqlik kiritilgan. Sir emaski, 12 sentyabr sanasida kuchli beshlik milliy chempionatlari ham start oladi. Pro liga uchrashuvlari translyasiyasi huquqini qoʻlga kiritgan UzReport tez orada sentyabr oyi uchun rejalarini taqdim etadi va birgalikda keyingi turlar vaqtlari ham ishlab chiqiladi. 3-tur 30 avgust, yakshanba Dinamo — Xorazm 4-tur 2 sentyabr, chorshanba Shoʻrtan — Neftchi Oqtepa — Xorazm 3 sentyabr, payshanba Turon — Istiqlol Dinamo — Zomin 5-tur 6 sentyabr, yakshanba Shoʻrtan — Xorazm 7 sentyabr, dushanba Zomin — Turon Oqtepa — Dinamo 8 sentyabr, seshanba Istiqlol — Neftchi