PRO LIGA 1-TURI TAQVIMIDA OʻZGARISh

3 iyul kuni Pro liga yangi mavsumiga start beriladi. Xabaringiz bor, yangi mavsumda Pro ligada 8ta jamoa ishtirok etadi. Yangicha formatda oʻtadigan musobaqa taqvimi avvalroq xabar qilingan edi. Hozirda, Respublikaning ayrim xududlarida epidemiologik vaziyat oʻzgarmagani tufayli, ushbu hududlarda futbol uchrashuvlarini oʻtkazishga ruxsat berilmagan. Shu bois, Pro liga 1-turidagi «Xorazm» – «Turon» bahsi «Turon» klubi maydoniga koʻchirildi. Tabiiyki, ushbu klublarning ikkinchi davradagi bahsiga Xorazm mezbonlik qiladi. Shuningdek, 2-turdan oʻrin olgan «Neftchi» – «Xorazm» uchrashuvi ham mehmonlarga engillik yaratish maqsadida, Fargʻona viloyatida ketma-ket ikki uchrashuv oʻtkazishini inobatga olib, 8 iyul kunidan 7 iyul kuniga koʻchirildi. "Neftchi" PFK matbuot xizmati