POSBONGA IShONCh!
15-dekabr, 2021·1 min o'qish

Shohruh Asqaralievga ham yuksak ishonch bildirilib, Superliga jamoasi tarkibida mahorat koʻrsatish yuzasidan 3 yilga moʻljallangan shartnoma imzolandi. Maʼlumki, darvozabon har qanday uchrashuvda oʻyin taqdirini hal qiluvchi figura hisoblanadi. Shohruh buni chuqur anglagan holda 2021 yilgi musobaqalarda oʻzining yorqin va chiroyli oʻyinlari bilan nafaqat murabbiylar, balki koʻpming sonli futbol ishqibozlarini ham eʼtiboriga sazovor boʻldi. Oʻylaymizki, Shohruhbek yangi futbol mavsumida bu yuksak ishonchni munosib oqlaydi. "Neftchi" matbuot xizmati