"Paxtakor" oʻzida "Metallurg"ni yirik hisobda taslim etdi
Oʻzbekiston chempionatining 3-turidan oʻrin olgan "Paxtakor" - "Metallurg" uchrashuvi oʻz yakuniga yetdi.
Oʻzbekiston chempionatining 3-turidan oʻrin olgan "Paxtakor" - "Metallurg" uchrashuvi oʻz yakuniga yetdi. Uchrashuv boshlandi, ilk daqiqalar maydon egalari ustunligida oʻtdi. Taym oʻrtalariga kelib mehmonlar faollikni oshirdi va bir qator qulay imkoniyatlarga ega boʻldi. 30-daqiqada Dragan Cheran maydon egalarini oldinga olib chiqdi. Oradan bir daqiqa oʻtib Igor Sergeev toshkentliklarning ikkinchi golini urdi. Ikkinchi boʻlim debyutida Jaloliddin Masharipov hisobni yirik koʻrinishga olib keldi. 69-daqiqada Bobojonov hisobni qisqartirgan boʻlsa, koʻp oʻtmay Eren Derdiyok mezbonlarning toʻrtinchi golini urdi. Superliga, 3-tur "Paxtakor" - "Metallurg" 4:1 (2:0, 2:1) 14 mart, 18:15 Gollar: 1:0 - 30 Cheran, 2:0 - 31 Sergeev, 3:0 - 53 Masharipov, 3:1 - 69 Bobojonov, 4:1 - 72 Derdiyok “Paxtakor”: Suyunov, Alijonov, Ismoilov, Masharipov, Cheran, Sergeev, Krimets, Hamdamov, Ismoilov, Sayfiev. “Metallurg”: Lobanov, Otaxonov, Narzullaev, Qutiboev, Ubaydullaev, Toshqoʻziev, Tojiev, Toshpoʻlatov, Andreev, Ismatullaev, Isaev.