Yangiliklarga qaytish
Umumiy

OʻzPFL mashgʻulotlarni boshlash mumkinligini rasman maʼlum qildi

30-may, 2020·1 min o'qish
1590842556
Maʼlumki, joriy yil 16 martdan rejalashtirilgan barcha futbol musobaqalari, musobaqalarga tayyorgarlik mashgʻulotlari va tadbirlari koronavirus infeksiyasiga barham berilguniga yoki Respublika maxsus komissiyasi tomonidan musobaqalarni oʻtkazishga ruxsat etilguniga qadar vaqtincha toʻxtatilgan edi.

Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 29 maydagi 26-sonli yigʻilish bayoniga asosan professional futbol klublariga oʻz oʻquv-mashgʻulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq holda boshlashiga hamda joriy yil 5 iyun kunidan Oʻzbekiston Professional futbol ligasi chempionatlarini davom ettirilishiga rasman ruxsat berildi. Bunda futbol uchrashuvlari tomoshabinlar ishtirokisiz oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi chempionatlarni davom ettirilishidan oldin futbolchilar oʻz sport formalarini tiklashi uchun bir necha kun kerak ekanligidan kelib chiqib, Oʻzbekiston chempionati musobaqalari aynan qaysi sanadan davom ettirilishi boʻyicha alohida maʼlumot beradi. Shu munosabat bilan, futbol klublari professional futbolchilarni malakali murabbiylar nazorati ostida tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga qatʼiy amal qilish sharti bilan futbol klublari bazasi negizida mashgʻulotlar jarayonini boshlashi mumkinligini maʼlum qilamiz. Shuningdek, rasmiy oʻyinlar boshlagunga qadar oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Ulashish

O'xshash yangiliklar