Oʻzbekiston chempionatida toʻpurar boʻlgan xorijlik futbolchilarni bilasizmi? Rivaldo, Gevorkyan...
1992 yildan buyon Oʻzbekiston chempionati, Oliy liga bahslari oʻtkazilib kelinmoqda.
Manba: championat.asia
Bilamizki, mavsum yakunida doimgidek eng yaxshi toʻpurar futbolchilar aniqlanadi. Bunda asosan mahalliy futbolchilarimiz eʼtirof etiladi. Ammo, avvalgi yillarda xorijlik toʻp teparlar ham goledorlik xislatlarini namoyish eta olishdi. Quyida bu haqida batafsil soʻz yuritamiz. Rivaldo – Oʻzbekiston chempionatlari tarixidagi birinchi xorijlik futbolchi hisoblanadi. Braziliyalik futbolchi «Bunyodkor»dagi ikkinchi mavsumida toʻpurar maqomini olishga erishdi. 2009 yil yakunida 20ta gol bilan toʻpurarlar qatorida birinchilardan boʻldi. Mahoratli Rivaldo klubdagi faoliyati davomida 80ta uchrashuvda maydonga tushgan. Umumiy hisobda 6877 daqiqa faol toʻp tepgan va darvozalarga 43ta toʻp kiritgan. Milosh Trifunovich – Galdagi xorijlik toʻpurar ham «Bunyodkor» jamoasida harakat qilgan. Orada avlodlar almashinuvini oʻtkazgan poytaxt klubi 2011 yildan chempionatdagi zafarli yurishini davom ettiradi. Tarkibga serbiyalik tajribali hujumchi, «Srvena Zvezda»dagi oʻyinlari bilan tanilgan Milosh Trifunovichni katta maqsadlarda taklif qiladi. Futbolchi esa bildirilgan ishonchni toʻliq oqlaydi. Yakunda 17ta gol bilan mavsum toʻpurariga aylanadi. 36ta bellashuvda jami 22ta gol uradi. Oleksandr Pishur – Ukrainalik futbolchi «Bunyodkor»dagi ikki yili mobaynida sermahsullik qayd etadi. 69 uchrashuvda 34ta gol urgan futbolchi, 2013 yilgi Oliy ligada 19ta toʻp bilan toʻpurarlar qatorini boshqaradi. Artur Gevorkyan – «Nasaf» tarkibida OFK kubogi sohibi boʻlgan turkmanistonlik Artur Gevorkyan 2013 va 2014 yillarda ushbu jamoaning tom maʼnodagi yetakchisi boʻlgandi. 2014 yilda futbolchi nafaqat «ajdarlar»ning balki, chempionatimizda ham eng koʻp gol urgan futbolchi sifatida tarixga kiradi. Tiago Bezerra – Oraliqdagi katta tanaffusdan soʻng Superligada yana bir braziliyalik futbolchi toʻpurarlar qatoridan joy oldi. «Paxtakor» futbolchisi Bezerra soʻngi turda «Bunyodkor» darvozasini uch bor ishgʻol qilib amalda 17ta toʻp bilan mavsumni yakunlaydi. Ushbu futbolchi Rivaldodan soʻng chempionatimizda toʻp tepgan eng yaxshi braziliyalik oʻyinchi deya olamiz. Dragan Cheran – Mazkur futbolchi 2016 yilning ikkinchi yarimida «Nasaf»jamoasi safiga qoʻshildi. Qarshidagi paytida goleadorlik xislatlarini namoyon qilgan futbolchi «Paxtakor»da ham muvaffaqiyatli davom ettirdi. 2019 yil Superligada 23ta gol urgan Cheran chempionat toʻpurariga aylandi
[image: https://championat.asia/upload/storage/503816_680.jpg]
[image: https://championat.asia/upload/storage/304274_680.jpg]
[image: https://championat.asia/upload/storage/304291_680.jpg]
[image: https://championat.asia/upload/storage/228085_680.jpg]
[image: https://championat.asia/upload/storage/465127_680.jpg]