Yangiliklarga qaytish
Umumiy

Ortda qolgan turlar taxlili

20-oktabr, 2020·1 min o'qish
IMG_2394

13-tur oldidan "Neftchi" klubining 2020 yil futbol mavsumida qayd etgan koʻrsatkichlari boʻyicha maʼlumot. Jamoamiz joriy yil Pro liga mavsumida 12ta uchrashuv oʻtkazgan boʻlib, shularning 7tasida gʻalaba qozongan. 3ta oʻyin durang va 2ta bahs magʻlubiyat bilan yakunlangan. Toʻplagan ochkolar soni 24tani tashkil etadi. Toʻplar nisbati 17-9. Jamoada quyidagi futbolchilar toʻp kiritishga muvaffaq boʻlishgan: Dostonbek Toshmatov - 7ta gol (1ta Xorazm, 1ta Shoʻrtan, 2ta Zomin, 1ta Turon, 1ta Oq tepa, 1ta Istiqlol) Otabek Zokirov - 3ta gol ( 2ta Oq tepa, 1ta Xorazm) Jamshid Qobulov - 2ta gol (1ta Dinamo, 1ta Istiqlol) Mansur Saidov - 1ta gol ( Xorazm) Eldor Ergashev - 1ta gol ( Istiqlol) Pavel Smolyachenko - 1ta gol ( Zomin ) Islombek Karimov - 1ta gol ( Shoʻrtan ) Doston Avazbekov - 1ta gol ( Dinamo ) Navbatdagi 13-turni "Neftchi" klubi 23 oktyabrda oʻtkazadi. Shu kuni fargʻonaliklar Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, "Zomin" jamoasiga qarshi maydonda toʻp suradilar. "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar