"Oqtepa" taslim etildi

MUHIM GʻALABA! Fargʻonadagi muxtasham "Istiqlol" stadionida Pro liganing 10-turidan oʻrin olgan "Neftchi"-"Oq tepa" bahsi boʻlib oʻtdi. Uchrashuv juda keskin tarzda oʻtdi desak mubolagʻa boʻlmaydi.Chunki,har ikkala jamoa ham oʻtgan turda qoniqarsiz natijaga erishgan edi. Shu tufayli jamoalar maydonga gʻalaba qozonish ishtiyoqida tushishdi. Garchi oʻyin fargʻonaliklarning ketma-ket hujumlari bilan boshlangan boʻlsada, birinchi boʻlim oʻrtalariga kelib hisobni mehmonlar ochishga muvaffaq boʻlishdi.17-daqiqada "Oq tepa" hujumchisi Idris Bikmaykin bir necha himoyachilarimizni aldab oʻtib, darvozamizga aniq zarba yoʻlladi 0:1. Futbolchilarimiz hisobni tenglashtirishga harakat qilib, ancha ter toʻkdilar. Ammo, tanaffusga qadar minimal hisob oʻzgarmadi. Ikkinchi boʻlimda murabbiylarimiz tarkibda bir qator oʻzgartirishlarni amalga oshirishdi. Maydonga tajribali futbolchilarimizdan Mansur Saidov hamda Rustamjon Abduhamidovlar kirib kelishdi. Mahorat oʻz soʻzini aytdi. "Neftchi" xavfli hujumlar bilan oʻyinni kuchaytirdi. Uchrashuvning 51-daqiqasida jamoamiz toʻpurari Dostonnbek Toshmatov chiroyli zarba bilan mehmonlarni darvozasini ishgʻol qildi va muvozanatni tikladi 1:1. Bu natijadan qoniqmagan fargʻonaliklar katta kuch bilan oldinga intilishda davom etdilar va bu oʻz samarasini berdi.67-daqiqada chap qanotdan Rustamjon Abduhamidov jarima maydoniga toʻpni tepadan uzatib berdi. Bu toʻpga birinchi boʻlib Otabek Zokirov ulgurdi va boshi bilan ikkinchi toʻpni darvoza toʻriga joylab qoʻydi 2:1. Qolgan daqiqalarda toshkentliklar katta shiddat bilan bosim uyushtirishga kirishdilar va bir necha golga tortaydigan vaziyatlarni yaratib, hisobni tenglashtirishga yaqin edilar. Ammo, tajribali posbonimiz Sherzod Abduraimovning chiroyli seyvlari bunga toʻsqinlik qildi. Bosh hakam tomonidan qoʻshib berilgan 5-daqiqa ham oʻyin natijasiga taʼsir koʻrsatmadi. Keskin kurashlarga boy va qiziqarli kechgan bu bellashuvda jamoamiz muhim uch ochkoni qoʻlga kiritdi va turnir jadvalida ikkinchi pogʻonaga koʻtarilishga muyassar boʻldi. 7 oktyabr, chorshanba NEFTChI - OQ-TEPA. 2:1. Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Daler Tilloev, Otabek Qosimov Nazoratchi: Fayzullo Hasanov Komissar: Sherzod Rajabov Gol: Doston Toshmatov, 39 Otabek Zokirov, 67 - Idris Bikmaykin 39. "Neftchi": 35.Sherzodbek Abduraimov, 5.Eldor Ergashev, 9.Otabek Zokirov, 13.Jamshid Qobulov, 17.Dostonbek Toshmatov, 20.Dilyorbek Irmatov, 27.Doston Avazbekov, 31.Pavel Smolyachenko, 44.Shodiyor Xojimatov, 93.Sirojiddin Allaev, 94.Anvarjon Hojimirzaev. Zaxira: 21.Farruh Turdialiev, 7.Mansurjon Saidov, 8.Islombek Karimov, 10.Islomjon Toshpoʻlatov, 34.Rustamjon Abduhamitov, 77.Sanjarbek Zokirov, 91.Xojiakbar Ibrohimov, 98.Jamshidbek Toʻraqulov, 99.Ilhomjon Vahobov. "Oq-tepa": 13.Ravshan Yagudin, 2.Farruh Sodiqov, 4.Sergey Proxorov, 6.Sunnatilla Mamadaliev, 7.Opeks Samuel, 11.Timur Hakimov, 15.Jaʼfar Ismoilov, 17.Idris Bikmaykin, 19.Jamshid Yusupov, 21.Doston Bahromov, 26.Moʻydinjon Mamazulumov. Zaxira: 16.Jamoliddin Hikmatov, 14.Diyor Jaloliddinov, 20.Samandar Ochilov, 24.Hamidxon Rustamxonov, 30.Mardon Abdullaev. "Neftchi" matbuot xizmati