OKMK - "NEFTCHI" PREVYU

Sevimli "Neftchi" jamoamiz Superliganing 11-tur bahsida Olmaliqda OKMK klubiga qarshi maydonga tushadi. Statistik ma'lumot: OKMK jamoasi bilan "Neftchi" futbol klubi Superliga chempionati doirasida shu kunga qadar 32 marta rasmiy uchrashuvlarda raqobatlashgan bo‘lib,ushbu bellashuvlarda OKMK 8 marta g‘alaba qozongan, 9ta o‘yinda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan va 15ta bahsda "Neftchi" ustunlik qilgan.Kiritilgan va o‘tkazilgan to‘plar nisbati 41-54 farg‘onaliklar foydasiga. Eng yirik g‘alabalar: 08.15.2006. OKMK-"Neftchi" 3:0 14.09.2013. "Neftchi"-OKMK 4:0 Olmaliqda qayd etilgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha 19.05.2025. OKMK-"Neftchi" 2:2 28.102024. OKMK-"Neftchi" 1:2 26.08.2023. OKMK-"Neftchi" 1:1 27.05.2022. OKMK-"Neftchi" 3:1 15.09.2018. OKMK-"Neftchi" 0:1 Eslatma:Olmaliq shahridagi markaziy o‘yingohda o‘tkaziladigan OKMK-"Neftchi" uchrashuvini Axrol Risqullaev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.Bellashuv soat 17:00da boshlanadi. Bugungi bellashuvda jamoamizga omad va g‘alaba yor bo‘lishini, farg‘onalik muxlislarimizni quvonchli natija bilan mamnun etishlarini tilab qolamiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati