OAV VAKILLARI DIQQATIGA!
14-dekabr, 2020·1 min o'qish

Ertaga Fargʻonadagi "Istiqlol" stadionida boʻlib oʻtadigan "Neftchi"-"Andijon" oʻtish oʻyinida qatnashish istagida boʻlgan ommaviy axborot vositalari xodimlarida OʻzPFL akkreditasiyasidan oʻtganligini tasdiqlovchi xujjatlari boʻlishi zarur. OʻzPFL akkreditasiyasidan oʻtgan xodimlar "Neftchi" matbuot xizmatiga murojaat qilishlarini soʻrab qolamiz. "Neftchi" matbuot xizmati