«NEFTChI»-«XORAZM» PREVYu

Shu kunga qadar jamoalar Oʻzbekiston chempionati va Oʻzbekiston Kubogi doirasida jami 24 marta raqobatlashishgan boʻlib, bu qarama-qarshilikda fargʻonaliklar har tomonlama ustunlikka ega chiqishgan. Asosiy toʻqnashuvlar Oliy liga bahslarida qayd etilgan. Hozirgacha "Neftchi"da jami 17ta gʻalaba, "Xorazm" jamoasida esa atigi 3ta gʻalaba mavjud. 4ta oʻyin durang bilan yakun topgan.Oʻzaro bellashuvlardagi eng yirik gʻalabalar 1998 va 2006 yillarga toʻgʻri kelgan. Oʻshanda "Neftchi" 7:1, 8:2 va 6:0 hisobida xorazmliklarni magʻlubiyatga uchratgan. Jamoalarning oxirgi qarama-qarshiligi Pro liga-2020 yil mavsumida boʻlib oʻtdi va shu yili jamoalar 3 marta toʻqnash kelishgan. Kubok bahsida 3:2, Pro liga bahslarida esa 3:0 va 0:0 natijalari qayd etilgan. Umumiy toʻplar nisbati 67-18 "Neftchi" foydasiga. Fargʻonada qayd etilgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari: 07.07.2020 "Neftchi"-"Xorazm"3:0 23.06.2020 "Neftchi"-"Xorazm" 3:2 (kubok) 18.08.2019 "Neftchi"-"Xorazm" 3:2 03.04.2019 "Neftchi"-"Xorazm" 0:1 24.04.2010 "Neftchi"-"Xorazm" 1:0 "NEFTChI" MATBUOT XIZMATI