“Neftchi-W” – “Lokomotiv-W” uchrashuvi qoldirildi
18-oktabr, 2022·1 min o'qish

Xabaringiz bor, 19-26 oktyabr kunlari Dushanbe shahrida CAFA U15 musobaqasi boʻlib oʻtadi. Mazkur musobaqa uchun Lokomotiv-W jamoasining ikki nafar futbolchisi va bosh murabbiyi Oʻzbekiston U15 terma jamoasiga taklif etilgani bois ikki jamoaning oʻzaro kelishuviga koʻra, “temiryoʻlchilar”ning Oliy liga 19-turidan oʻrin olgan “Neftchi-W”ga qarshi uchrashuvi qoldirildi. Mazkur bahs FIFA kunlarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan va aniq sanasi haqida keyinroq maʼlumot beriladi.