«Neftchi» va «Andijon» oʻrtasidagi Superligaga oʻtish oʻyiniga hakamlar tayinlandi
13-dekabr, 2020·1 min o'qish

15 dekabr kuni Fargʻonadagi «Istiqlol» stadionida pley-off uchrashuvi oʻtkaziladi. Pro ligada 2-oʻrinni egallagan «Neftchi» jamoasi Superliganing 13-jamoasi boʻlgan «Andijon» klubiga qarshi saf tortadi. OʻFA hakamlar qoʻmitasi ushbu uchrashuvni boshqarib borish vazifasini buxorolik FIFA referisi Ilgiz Tantashevga ishonib topshirdi. Unga qanotlarda Husniddin Shodmonov va Timur Gaynulin yordam beradi. Oʻtish oʻyini. 15 dekabr, seshanba NEFTChI - ANDIJON Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Husniddin Shodmonov, Timur Gaynulin, Gʻayrat Joʻraev Nazoratchi: Marat Ismoilov Komissar: Jahongir Rahmatullaev. Maʼlumot uchun, «Istiqlol» stadionida oʻtgan soʻnggi uchrashuvdagi tartibsizliklar sababli oʻyingohga muxlislar kiritilmaydi.