"Neftchi" U-18 guruhda peshqadam

Oʻzbekiston birinchiligi Fargʻona viloyati 2-liga musobaqalarida ishtirok etayotgan "Neftchi" U-18 jamoamiz kecha navbatdagi tur uchrashuvida Margʻilonning BOʻSM klubini qabul qildi.Qiziqarli kechgan bu bahsda fargʻonalik futbolchilar yirik 7:1 hisobidagi gʻalabani qoʻlga kiritishib, "A" guruhida peshqadamlar safidan joy egallab kelishmoqda. Kecha boʻlib oʻtgan bellashuvda jamoamiz quyidagi tarkibda harakatlandi: Temur Usmonov Asilbek Gʻoyibjonov Asilbek Gʻofurjonov Ulugʻbek Muhammadjonov Asadbek Moʻminov Xojiakbar Ibrohimov Shohjahon Bahodirov Xumoyun Marufjonov Islom Odiljonov Quvonch Chulponov Samandar Toʻxtasinov Zaxira: Rasul Abdumoʻminov Dilshod Umurzaqov Umid Isroilov Abdurahim Saidjonov Muhammadali Olimov Musomalik Rustamov Xurshid Madaminov Ahliddin Ahmadjonov Jamoamizdan gol mualliflari: Islom Odiljonov 3ta, Dilshod Umurzaqov 2ta, Xojiakbar Ibrohimov va Muhammadali Olimovlar 1tadan. "Neftchi" matbuot xizmati