Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTChI" (U-17) NAMANGANDAGI MUSOBAQADA IShTIROK ETDI

1-aprel, 2021·1 min o'qish
photo_2021-04-01_16-04-50

Avval xabar berib oʻtganimizdek, joriy yilning 20-31 mart kunlari Namangan shahrida "Professional futbol maktablari ligasi" musobaqalari belgilangan boʻlib,unda viloyatimiz vakili sifatida Aziz Alijonov boshchiligidagi 2004 yilda tugʻilgan "Neftchi" futbol maktabi tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi. Aytib oʻtish joizki,bu musobaqalar ikki bosqichdan iborat boʻlib,birinchisi Namanganda va keyingisi Andijon shahrida oʻtkazilishi belgilangan. Namanganda yakuniga yetgan musobaqada "Neftchi"(U-17) yoshlar jamoamiz 4ta bahsda maydonda harakatlanib,1ta gʻalaba,2ta durang va 1ta magʻlubiyat natijasini qayd etdilar va hozircha 3-oʻrinda ketmoqdalar.. Ikkinchi bosqich bahslari 1-11 may kunlari Andijon shahrida oʻtkaziladi va 1-3 pogʻonani egallagan jamoalar Toshkentdagi final bosqichiga yoʻl oladilar. Boʻlajak bellashuvlarda yoshlar jamoamizga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. "Neftchi" matbuot xizmati

photo_2021-04-01_16-04-50 (2)photo_2021-04-01_16-04-50photo_2021-04-01_16-04-51
Ulashish

O'xshash yangiliklar