Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTChI" TURKIYaDA

20-yanvar, 2022·1 min o'qish
DSC_0001

Bugun kunning birinchi yarmida "Neftchi" klubi aʼzolari Toshkent xalqaro aeroporti orqali tayyorgarlik jarayonining 21 kundan iborat ikkinchi bosqichiga kirishish maqsadida Turkiyaga yoʻl oldilar va tushlikdan soʻng Antalya shahri aeroportga kelib qoʻndilar. Toshkent aeroportida jamoamiz vakillarini "Neftchi" PFK rahbariyati kuzatar ekan, ularga oʻquv-yigʻin jarayonida muvaffaqiyatli ishtirok etib, uylariga sogʻ-omon qaytib kelishlariga tilak bildirib, duoda boʻldilar. Jamoamizning koʻpming sonli muxlislari nomidan futbolchilarimizga boʻlajak yigʻinda kuch-qudrat, gʻayrat-shijoat va kattadan-katta zafarlar tilab qolamiz. "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar