Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTChI" SUPERLIGA VA PRO LIGA JAMOALARI BILAN NAZORAT UChRAShUVI OʻTKAZADI

12-fevral, 2021·1 min o'qish
состав

"NEFTChI" SUPERLIGA VA PRO LIGA JAMOALARI BILAN NAZORAT UChRAShUVI OʻTKAZADI Toshkent shahrida yangi futbol mavsumiga qizgʻin tayyorgarlik olib borayotgan "Neftchi" klubining nazorat uchrashuvlaridagi raqiblari maʼlum boʻldi. Jamoamiz ertaga dastlab Superliga vakili "Bunyodkor" klubiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv "Bunyodkor" oʻyingohining zaxira maydonida soat 12:00 da boshlanadi.Navbatdagi nazorat uchrashuvlari 16 fevral kuni Pro liga vakili "Dinamo" va 18 fevral kuni Superliga vakili "Qizilqum" jamoalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida maydonga tushadi. "Neftchi" FK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar