Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTChI" - "ShOʻRTAN" PREVYu

15-may, 2021·1 min o'qish
IMG_20210515_104420_866

Jamoalar shu kungacha umumiy hisobda 35 marta maydonda yuzlashishgan boʻlib, shundan Oliy liga va Superliga bahslarida 24 marta, Oʻzbekiston Kubogi bahslarida 3 marta va Pro liga bellashuvlarida 8 marotaba oʻzaro toʻqnash kelishgan. Oʻzaro qarama-qarshilikda "Neftchi" jamoasining eng yirik gʻalabasi 2005 yilda Oliy liganing 7-turida qayd etilgan boʻlib,unda fargʻonaliklar 5:0 hisobida ustun kelishgan. "Shoʻrtan" klubining eng yirik gʻalabasi esa 2011 yilda Gʻuzorda qayd etilgan va 4:0 koʻrinishida yakun topgan. Oʻzaro oʻyinlar statistikasiga nazar tashlasak, "Neftchi"da 12ta gʻalaba,"Shoʻrtan"da 14ta gʻalaba. 9ta bellashuvda jamoalar murosa koʻchasini tanlashgan. Toʻplar nisbati 41-43 gʻuzorliklar foydasiga. Jamoalarning oxirgi 5 ta uchrashuvdagi natijalari quyidagicha: 22.04.2021 "Shoʻrtan"-"Neftchi" 1:0 (Kubok bahsi) 13.10.2020 "Neftchi"-"Shoʻrtan"1:2 02.09.2020 "Shoʻrtan"-"Neftchi"2:1 28.06.2020 "Shoʻrtan"-"Neftchi"2:1 (Kubok bahsi) 20.11.2020 "Neftchi"-"Shoʻrtan"1:0 "Neftchi" FK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar