"NEFTChI"-"ShOʻRTAN" PREVYu

Jamoalar shu kungacha Oliy liga va Superliga bahslarida 24 marta, Oʻzbekiston Kubogi bahslarida 2 marta, Pro liga bellashuvlarida esa 5 marotaba oʻzaro toʻqnash kelishgan. "Neftchi" jamoasining eng yirik gʻalabasi 2005 yilda Oliy liganing 7-turida qayd etilgan boʻlib,unda fargʻonaliklar 5:0 hisobida ustun kelishgan. "Shoʻrtan" klubining eng yirik gʻalabasi esa 2011 yilda Gʻuzorda qayd etilgan va 4:0 koʻrinishida yakun topgan. Oʻzaro oʻyinlar statistikasiga nazar tashlasak, "Neftchi"da 10ta gʻalaba,"Shoʻrtan"da 12ta gʻalaba. 9ta bellashuvda jamoalar murosa koʻchasini tanlashgan. Toʻplar nisbati 37-39 gʻuzorliklar foydasiga. Jamoalar joriy yilda ikki marta raqobatlashishgan.Har ikkala bahs ham Gʻuzorda oʻtgan.Bitta bellashuv Pro liga birinchiligiga va bir uchrashuv Oʻzbekiston Kubogi oʻyiniga toʻgʻri kelgan. "Neftchi" FK matbuot xizmati