"Neftchi" cerbiyalik futbolchini tarkibiga qoʻshib oldi
16-yanvar, 2021·1 min o'qish

Yangi mavsumga Toshkent shaxrida qizgʻin tayyorgarlik koʻrayotgan Ilhom Moʻminjonov shogirdlari tarkibiga yangi legioner kelib qoʻshildi. Serbiyalik 23 yoshlik Darko Stanojevich yangi mavsumda fargʻonaliklar sharafini himoya qiladi. Bu futbolchi jamoamizning himoya chizigʻida harakatlanadi. Maʼlumot uchun, Darko Stanojevich shu kunga qadar Serbiyaning "Sloboda Uzise", FK "Loznisa" va "Bijeljina" klublarida toʻp surgan. "Neftchi" FK matbuot xizmati