Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTCHI" - "QO‘QON-1912"  PREVYU

29-aprel, 2026·1 min o'qish
084A5883

Superliga chempionatining Farg‘ona derbisi maqomiga ega bo‘lgan 10-tur uchrashuvida Islombek Ismoilov boshqaruvidagi "Neftchi" jamoamiz "Qo‘qon-1912" klubi bilan kuch sinashadi. Statistik ma’lumot: O‘zbekiston Superliga musobaqalari doirasida "Neftchi" hamda "Qo‘qon-1912" jamoalari shu kunga qadar 32 marta rasmiy uchrashuvlarda qatnashgan. Bularning 21tasida farg‘onaliklar g‘alaba qozongan,5ta o‘yinda durang natija qayd etilgan va 6ta o‘yinda qo‘qonliklarning qo‘li baland kelgan. Umumiy to‘plar nisbati 75-40 "Neftchi" foydasiga Eng yirik g‘alabalar: 16.10.1999. "Qo‘qon-1912"-"Neftchi" 1:6 26.08.2017. "Qo‘qon-1912"-"Neftchi" 3:1 Jamoalarning Farg‘onada bo‘lib o‘tgan oxirgi besh uchrashuv natijasi: 14.03.2025. "Neftchi"-"Qo‘qon-1912" 0:0 02.03.2022. "Neftchi"-"Qo‘qon-1912" 1:0 29.11.2018. "Neftchi"-"Qo‘qon-1912" 0:2 17.08.2018. "Neftchi"-"Qo‘qon-1912" 1:0 31.03.2017. "Neftchi"-"Qo‘qon-1912" 1:2 Eslatib o‘tamiz,Superliganing 10-tur doirasidagi "Neftchi"-"Qo‘qon-1912" bellashuvini Olim To‘ychiboyev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Uchrashuv "Istiqlol" stadionida soat 19:00da boshlanadi. Bugungi bellashuvda yigitlarimizga omad va g‘alaba yor bo‘lishini,ko‘p sonli muxlislarimizni quvonchli natija bilan mamnun etishlarini tilab qolamiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar