"NEFTChI"-"QOʻQON-1912" PREVYu

Uch yillik tanaffusdan soʻng viloyatimizning ikki grand klublari Superliga chempionatidagi Fargʻona derbisi maqomiga ega boʻlgan bahslarini davom ettirishmoqda.Statistikaga nazar tashlasak, "Neftchi" milliy chempionatimiz va Oʻzbekiston kubogi doirasida "Qoʻqon-1912" jamoasi bilan jami 35 marta oʻzaro kuch sinashgan. Bularning 23 tasida fargʻonaliklar gʻalaba qozongan, 5 tasida durang natija qayd etgan va 7tasida magʻlubiyatga uchragan. Umumiy toʻplar nisbati 84-44. "Neftchi"ning eng yirik gʻalabasi 6:1 koʻrinishida boʻlgan. Qoʻqonliklarning eng yirik gʻalabasi 3:1 hisobida yakunlangan. Jamoalarning oxirgi 5 ta oʻzaro uchrashuvlari 2018 yilda boʻlib oʻtgan va unda quyidagi natijalar qayd etilgan: Superliga-2018 10 may "Qoʻqon-1912"-"Neftchi" 1:1 17 avgust "Neftchi"-"Qoʻqon-1912 1:0 24 oktyabr "Qoʻqon-1912"-"Neftchi 2:0 29 noyabr "Neftchi"-"Qoʻqon-1912" 0:2 Oʻzbekiston kubogi 30 may "Qoʻqon-1912"-"Neftchi"2:1
