Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTChI"-"QIZILQUM" PREVYu

29-aprel, 2021·1 min o'qish
ПРЕВЮ

Oʻzbekiston Kubogi musobaqalarida "Neftchi" futbol klubi Navoiyning "Qizilqum" jamoasi bilan ilk bor yuzlashmoqda.Bungacha jamoalar faqat Oliy liga va Superliga bahslarida raqobatlashgan.Oʻzaro toʻqnashuvlar statistikasiga nazar tashlasak,bu yerda sezilarli darajadagi ustunlik fargʻonaliklar tomonida.Oʻtkazilgan oʻzaro uchrashuvlar soni 40ta boʻlib, undan 21ta bahsda "Neftchi" gʻalaba qozongan, 8ta oʻyinda durang natijasi qayd etilgan va 11ta uchrashuvda "Qizilqum"ning qoʻli baland kelgan. Toʻplar nisbati ham "Neftchi" foydasiga 63-36. Ushbu qarama-qarshilikda "Neftchi"ning "Qizilqum" ustidan qozonilgan eng yirik gʻalabasi 2000 yilda 5:0 koʻrinishida qayd etilgan. Navoiyliklarning eng yirik gʻalabasi 2002 yilda 4:1 hisobida yakunlangan. Jamoalarning soʻnggi uchrashuvlari Superliganing 2018 yilgi mavsumiga toʻgʻri keladi va undagi koʻrsatkichlar quyidagicha: 20.04.2018."Qizilqum"-"Neftchi" 1:0 24.07.2018."Neftchi"-"Qizilqum" 0:1 19.10.2018."Neftchi"-"Qizilqum" 3:1 23.11.2018."Qizilqum"-"Neftchi" 1:1 Oʻzbekiston Coca-Cola Kubogi 30 aprel "Neftchi"(Fargʻona)-"Qizilqum"(Navoiy) Hakamlar: Abdurashid Xudoyberganov, Sardor Nishonboev,Avaz Abdullaev Nazoratchi: Valentin Kovalenko Komissar: Shohruh Said

Ulashish

O'xshash yangiliklar