"Neftchi" qarorgoxidan daraklar

Yangi mavsumga qizgʻin hozirlik koʻrayotgan Ilhom Moʻminjonov boshchiligidagi "Neftchi" jamoasi tarkibni shakllantirish maqsadida bir qator tajribali futbolchi va mutaxassislar bilan muzokaralar olib bormoqda. Hozirgi kunda fargʻonaliklar tarkibida bir necha nomdor va tajribali futbolchilar koʻrikda boʻlib turishibdi. Bugungacha jamoamiz rasman quyidagi futbolchi va murabbiylar bilan shartnomalarni imzolashga erishdi: Aleksandar Stojmirovich - jismoniy tayyorgarlik boʻyicha bosh murabbiy yordamchisi, Anvar Soliev - maslahatchi murabbiy, Sherzod Hakimov - seleksioner murabbiy, Aziz Alijonov - yoshlar jamoasi bosh murabbiyi, Shavkat Mullajonov, Azam Aliev, Sherzod Karimov, Tohir Shamsiddinov, Mashhur Muhammadjonov, Xudoyshukur Sattorov, Darko Stanoevich(kattasi), Darko Stanoevich(kichigi), Abdul Aziz Yusupov, Nemanya Obradovich, Saydullo Rahmatov kabi tajribalik futbolchilar bilan kelishuvga erishildi. Akmal Shorahmedov bilan yaqin kunlarda rasman shartnoma imzolanadi. Seleksiya ishlari davom etmoqda. "Neftchi" yana bir qancha nomdor va mahoratli futbolchilar bilan muzokaralar olib bormoqda. "Neftchi" FK matbuot xizmati