"NEFTChI" PRO LIGA 2021 ChEMPIONI!

Pro liganing nafaqat turning, balki mavsumning markaziy uchrashuvi deya aytish mumkin boʻlgan oʻyin boʻlib oʻtdi. “Neftchi” va “Dinamo”... har ikkalasi ham Superliga maslasini hal etib ulgurishgan. Oʻzaro oʻyin esa liga gʻolibi kim boʻladi, degan savolga oydinlik kiritishi bilan muhim hisoblanardi. Maydon egalari gʻalaba qozongan taqdirda muddatidan oldin chempionlik masalasini hal etgan, ochko yoʻqotganda esa bu masala keyingi uch tur doirasida hal boʻlishi ehtimoli bor edi. Oʻyin shunga yarasha shiddatli, murosasiz kurashlarga boy boʻldi. Birinchi boʻlimda darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi. Ikkinchi boʻlimda esa mehmonlar ikki bor oʻyin qoidasini buzganligi uchun penalti belgilandi. Oʻn bir metrlik “lotoreyani” Sherzod Karimov bexato bajardi. Samarqandliklarning yagona javob goli esa hech narsani hal etolmadi. Shu tariqa “Neftchi” uch yillik tanaffusdan keyin Pro liganing gʻolibi sifatida Superligaga yoʻllanma oldi va bu hursandchilikni tantanali ravishda nishonladi. Fargʻona viloyati hokimi Hayrulla Bozorov OʻzPFL vakillari hamroxligida gʻolib jamoa aʼzolarini kichik oltin medal bilan taqdirladi, Kubokni tantanali ravishda jamoa sardoriga topshirdi. Hokim tabrik soʻzida, shuningdek, “Dinamo”ning Superligaga chiqqanligi bilan muborakbod etdi. Taniqli xonanda va soʻz ustalarining chiqishlari bilan boshlangan oʻyin mushakbozlik bilan nihoyasiga yetdi. Pro liga. 21-tur. “A” guruhi 14 oktyabr, payshanba NEFTChI – DINAMO – 2:1 (0:0) Fargʻona. “Istiqlol” stadioni. 7102 tomoshabin. Hakamlar: Gʻayrat Joʻraev, Islom Nosirov, Abduhamid Abduraimov Nazoratchi: Andrey Klepikov Komissar: Bekzod Aripov Gollar: Sherzod Karimov, 71-pen. (1:0), Roʻzimboy Ahmedov, 73 (1:1), Sherzod Karimov, 90-pen. (2:1) "Neftchi": Akbar Toʻraev, Akmal Shorahmedov, Abdulloh Olimov (Sherzod Karimov, 68), Shavkatjon Mullajonov, Aʼzamjon Aliev, Saydullo Rahmatov, Darko Stanoevich, Aleksandr Yesich (Sobit Sindarov, 50), Oybek Qilichev (Izzatillo Abdullaev, 68), Marko Obradovich (Doston Toshmatov, 68), Ulugʻbek Hoshimov (Sardor Abdunabiev, 22). "Dinamo": Arslonbek Ahrorov, Dmitro Sidorenko, Shohruhbek Abdurahmonov, Humoyun Sherboʻtaev, Roʻzimboy Ahmedov, Obid Joʻraboev, Jasur Hasanov, Temurbek Ismoilov, Shokir Yoʻldoshev (Islom Sharipov, 62), Muhammadqodir Hamraliev, Sardorbek Eminov (Oleg Marchuk, 62). Ogohlantirishlar: Aleksandr Yesich, 18, Shavkatjon Mullajonov, 61, Ilhom Moʻminjonov, 90+1 - Humoyun Sherboʻtaev (62).