"NEFTChI" PFK NING BIRINChI DAVRA YaKUNLARI BOʻYIChA STATISTIKA MAʼLUMOTLARI
Mavsumdagi dastlabki raqib "Olimpik" jamoasi boʻlgan. Birinchi durang natija ham aynan ushbu bahsda qayd etildi. Chempionatdagi birinchi gʻalaba 2-turda "Yangier" jamoasiga qarshi oʻyinda (0:3 hisobida) qayd etilgan. Mavsumdagi birinchi golga va dublga Marko Obradovich mualliflik qilgan.(2-tur "Yangier"-" Neftchi " 0:3) Chempionatdagi birinchi sariq kartochka Shavkat Mullajonovga koʻrsatilgan.(1-tur. "Neftchi"-" Olimpik", 26') Oʻzbekiston chempionati Pro ligasida birinchi pentotrikka erishgan futbolchi Sardor Abdunabiev ("Neftchi "-" Oq-tepa" 7:0) Mavsumdagi birinchi magʻlubiyat 9- turda "Buxoro" jamoasiga qarshi safardagi oʻyinda qayd etilgan.(2:0) Mavsumdagi eng yirik magʻlubiyat Toshkentda 10-tur oʻyinida qayd etilgan."Olimpik"-"Neftchi" 3:0 Maydonda eng koʻp harakat qilgan futbolchi Shavkat Mullajonov- 1080 daqiqa. Eng koʻp sariq kartochka olgan futbolchilar Aʼzamjon Aliev hamda Sobit Sindarov (4tadan) Raqiblar darvozasini ishgʻol etgan futbolchilar: Ruslan Roziev -1 Sobit Sindarov -3 Ulugʻbek Xoshimov-2 Abdulloh Olimov-1 Aʼzamjon Aliev -1 Xudoyshukur Sattorov-1 Izzatilla Abdullaev-1 Saydullo Rahmatov-1 Sardor Abdunabiev-5 Marko Obradovich-9 Avtogol-1 (13-tur "Neftchi"-"Aral Samali") Jamoamiz legioneri Marko Obradovich 4 ta dublga erishgan. 3-tur "Yangier"-"Neftchi", 5-tur "Neftchi"-"Xorazm", 8-tur "Neftchi"-"Oq-tepa", 11-tur"Neftchi"-"Yangier" Mavsum boshidan buyon "Neftchi" jamoasi penaltiga ega boʻlmagan. Vakillarimiz chempionat doirasida oʻz darvozalaridan eng kam toʻp oʻtkazib yuborgan jamoa hisoblanadi (6 ta). "Neftchi" matbuot xizmati