"NEFTChI" PFK MUXLISLARI DIQQATIGA!

Hurmatli «Neftchi» futbol klubi muxlislari! Sizlarga RASMIY fan klub aʼzoligi uchun hujjatlar qabul qilish boshlanganligini maʼlum qilamiz. Zaruriy hujjatlar: -Pasport nushasi 2 dona -3x4 hajmdagi 3 dona fotosurat. Fan klub aʼzoligiga qoʻshilish BEPUL! RASMIY fan klub aʼzosiga maxsus beydjik, futbolka, kepka va sharf taqdim etiladi va siz ushbu beydjik orqali jamoamiz ishtirokidagi oʻyinlarga bepul kirish imkoniyatiga ega boʻlasiz va jamoamizning uy safar uchrashuvlarini bevosita stadiondan tomosha qilasiz. ShOShILING! Fan klub aʼzoligiga joylar soni chegaralangan. Bizni oldinda qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy boʻlgan futbol mavsumi kutib turibdi. Sevimli jamoamizning Superligadagi gʻalabali yurishida munosib hissa qoʻshishimiz uchun fan-klub aʼzolari sifatida hammamiz hamjihat va birdamlikda qoʻllab-quvvatlashda ahil boʻlaylik. Hujjatlarni fan-klub rasmiy vakillariga topshirishingiz soʻraladi. Murojaat uchun tel: +998938746996 Fargʻona +998902720676 Fargʻona +998933715555 Margʻilon