"NEFTChI" PFK MUXLISLARI DIQQATIGA!
17-fevral, 2021·1 min o'qish

Hurmatli «Neftchi» futbol klubi muxlislari! Sizlarga fan klub aʼzoligi uchun hujjatlar qabul qilish boshlanganligini maʼlum qilamiz. Zaruriy hujjatlar: Pasport nushasi 3x4 hajmdagi 2 dona fotosurat. Fan klub aʼzoligiga qoʻshilish BEPUL. Aʼzolarga bepul futbolka, sharf va kepka beriladi. Stadionga kirish uchun fan klub aʼzosiga maxsus beydjik taqdim etiladi va siz ushbu beydjik orqali jamoamiz ishtirokidagi oʻyinlarga bepul kirishingiz mumkin. Shoshiling! Fan klub aʼzoligiga joylar soni chegaralangan. Bizni oldinda qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy mavsum kutib turibdi. Hujjatlarni fan-klub raisi Alisher Tursunovga topshirishingiz soʻraladi murojat uchun +998933715555