Yangiliklarga qaytish
Umumiy

“NEFTChI” PEShQADAMLIKNI MUSTAHKAMLADI

15-noyabr, 2020·1 min o'qish
IMG_5809

MUHIM QADAM! Pro liganing birinchi toʻrtlikdagi jamoalari Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun kurashni tobora kuchaytirmoqdalar. Bugun Yaypandagi "Oʻzbekiston" oʻyingohida boʻlib oʻtgan uchrashuv buni yaqqol isbotladi.Viloyatimizning yana bir vakili "Turon" jamoasi "Neftchi" klubini oʻz maydonida qabul qilib, albatta gʻalaba qozonishga harakat qildi.Lekin,turnir jadvalida birinchi oʻrinda borayotgan neftchilar ham bu uchrashuvda 3 ochkoni qoʻlga kiritib,peshqadamlikni mustahkamlab olish uchun kurashdilar.Shu bois, bellashuv ancha jiddiy va shiddatli ruhda kechdi.Baʼzi futbolchilar atayin qoida buzishgacha ham borib yetdilar. Birinchi boʻlim 0:0 hisobidagi durang natija bilan tugagan boʻlsa,ikkinchi boʻlimda fargʻonaliklarning hujumlari yanada shiddatli tus oldi. Himoyachimiz Mirjamol Neʼmatov hamda hujumchimiz Dostonbek Toshmatovlarning 14 daqiqa ichida maydon egalari darvozasini ishgʻol etgan toʻplari oʻyin taqdirini hal qildi. Bu gʻalaba jamoa aʼzolarining tugʻilgan kunini nishonlayotgan bosh murabbiy Abdusamad Durmonovga oʻziga xos hurmat sovgʻalari boʻldi. Fargʻonaliklar qolgan uch uchrashuvni ham ana shunday shiddat,ishtiyoq va hamjihatlik bilan oʻtkazsalar Superliga yoʻllanmasi deyarli naqd boʻlishi aniq. Pro liga, 17-tur 15 noyabr, yakshanba TURON – NEFTChI 0:2. 997 tomoshabin. Hakamlar: Rahimbek Karimov, Rasul Fozilov, Avaz Abdullaev Nazoratchi: Bobur Haydarov Komissar: Zoxirjon Akramxonov. Gollar: Mirjamol Neʼmatov, 59 (0:1), Dostonbek Toshmatov, 73 (0:2) “Turon”: Akmal Ortiqov, Abdulazizxon Abdurashidov (Asilbek Qayumov, 73), Shukurali Poʻlatov, Oybek Axmatov, Umidjon Qodirov, Doniyor Ismoilov, Shoxruxbek Xolmatov, Dostonbek Meliqoʻziev, Asliddin Toshtemirov (Javohir Soxibov, 46), Gʻolib Sariboev, Bilolxon Toshmirzaev (Xurshidbek Asqaraliev, 80) “Neftchi”: Sherzodbek Abduraimov, Mirjalol Neʼmatov (Sirojiddin Allaev, 78), Islombek Karimov (Otabek Zokirov, 39), Islomjon Toshpoʻlatov, Jamshid Qobulov, Dostonbek Toshmatov (Sanjarbek Zokirov, 78), Javohir Rasulov (Pavel Smolyachenko, 70), Dilyorbek Irmatov, Dooston Avazbekov (Mansurjon Saidov, 46), Rustamjon Abduhamidov, Umar Adhamzoda Ogohlantirishlar: Abdulazizxon Abdurashidov, 32, Shoxruxbek Xolmatov, 35, Javohir Soxibov, 82 – Islomjon Toshpoʻlatov, 32, Mirjalol Neʼmatov, 56, Umar Adhamzoda, 61, Farruh Turdaliev, 82, Dilyorbek Irmatov, 83, Pavel Smolyachenko, 90+2 Chetlatish: Mansurjon Saidov, 90 "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar