Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTChI"-" PAXTAKOR " PREVYu

12-avgust, 2022·1 min o'qish
IMG_20220812_090513_655

"Neftchi" 12 avgust kuni 15-tur doirasida mamlakatimizning amaldagi chempioni Toshkentning "Paxtakor" klubi bilan yuzlashadi.Shu kuni oʻzbek klassikosi maqomidagi oʻyinga guvoh boʻlamiz. Oʻzaro uchrashuvlarga toʻxtaladigan boʻlsak, jamoalar milliy chempionatimiz doirasida 55 ta oʻyinda ishtirok etishgan. Bularning 26 tasida "Paxtakor" gʻalaba nashidasini surgan boʻlsa, 9 ta uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan va 20 ta bellashuvda "Neftchi" muvaffaqiyatga erishgan.Umumiy toʻplar nisbati 99-67 toshkentliklar foydasiga. Kubog bahslarida ham jamoalar 15 marta toʻqnashishgan.Bu musobaqalarda gʻalabalar boʻyicha ustunlik "Paxtakor" tarafida 12-3. Jamoalarning oxirgi 5 ta oʻyinda qayd etgan natijalari quyidagicha: 08.03.2017 "Neftchi"-"Paxtakor" 0:0 12.08.2017 "Paxtakor"-"Neftchi" 6:0 31.03.2018 "Paxtakor"-"Neftchi" 3:0 12.06.2018 "Neftchi"-"Paxtakor" 1:1 10.03.2022 "Paxtakor"-"Neftchi" 1:0 "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar