"NEFTChI"-"OQ TEPA" PREVYu
Mazkur jamoalarning oʻzaro ilk qarama-qarshiligi 2015 yilga toʻgʻri keladi. Oʻshanda Oʻzbekiston Kubogining nimchorak final bosqichi doirasida Toshkentda mehmon boʻlgan «Neftchi» bir oʻyindan iborat bahsda «Oq-tepa»ga imkoniyatni boy bergan va musobaqani tark etgan - 4:1. 2019 yildan boshlab jamoalar Pro liga birinchiligida oʻzaro toʻqnash kelmoqdalar. Raqiblarning qarama-qarshiligida hozircha ustunlik «Oq-tepa» tarafida. 2019 yil mavsumida toʻrt bahsning uchtasida poytaxtliklar ustunlik qilgan boʻlsa, bir bellashuvda fargʻonaliklar gʻalaba qozongan. 2020 yilning birinchi davra bahsida durang qayd etilgan, ikkinchi davra oʻyinida «Neftchi» ustun kelgan.Umumiy toʻplar nisbati 9-11 Oʻzaro oʻyinlarda quyidagi natijalar qayd etilgan: 2015 yil OʻZBEKISTON KUBOGI Nimchorak final «OQ-TEPA» – «NEFTChI» - 4:1 2019 yil PRO LIGA 5-tur. 8 may «NEFTChI» - «OQ-TEPA»- 0:1 12-tur. 29 iyun «OQ-TEPA» - «NEFTChI» – 2:1 19-tur. 11 sentyabr «NEFTChI» – «OQ-TEPA» – 3:0 26-tur. 31 oktyabr «OQ-TEPA» - «NEFTChI» – 2:1 2020 YIL PRO LIGA 3-tur. 15 iyul «OQ-TEPA» – «NEFTChI» – 1:1 10-tur. 7 oktyabr «NEFTChI»-«OQ-TEPA»- 2:1 "Neftchi" matbuot xizmati