“Neftchi” “Olimpik”dan ikki oʻyin “oʻchini” oldi

Pro liganing 19-tur oʻyinlari nihoyasiga yetdi. “A” guruhida kecha “Dinamo” safarda “Nurafshon”ni yengan edi, bugun esa liga peshqadami “Neftchi” oʻz maydonida “Olimpik” jamoasini magʻlubiyatga uchratdi. Bu bilan fargʻonaliklar birinchi bosqichdagi “Olimpik”ka qarshi ikki oʻyinda yoʻqotilgan besh ochkoni uch ochko bilan qisqartirdi va raqiblaridan munosib “oʻch” oldi. 19-turdan keyin fargʻonaliklar 37 ochko bilan karvonboshilik qilishyapti, ikkinchi oʻrindagi “Dinamo”da 31, uchinchidagi “Nurafshonda” esa 24 ochko bor. “Olimpik” 22 ochko bilan guruhda soʻnggi oʻrinda bormoqda. Pro liga. 19-tur. “A” guruhi 24 sentyabr, juma NEFTChI – OLIMPIK - 3:2 (2:1) Fargʻona. “Istiqlol” stadioni. 8818 tomoshabin. Hakamlar: Vadim Agishev, Hasan Nabiev, Daler Tilloev Nazoratchi: Igor Nexochin Komissar: Oybek Yunusov. Gollar: Aleksandr Yesich, 7 (1:0), Abdulloh Olimov, 21 (2:0), Shavkatjon Mullajonov, 27-oʻz darv. (2:1), Marko Obradovich, 66 (3:1), Muhammadali Gʻiyosov (90+1 (3:2). "Neftchi": Akbar Toʻraev, Akmal Shorahmedov, Sardor Abdunabiev (Ulugʻbek Hoshimov, 69), Abdulloh Olimov, Shavkatjon Mullajonov, Aʼzamjon Aliev (Izzatillo Abdullaev, 69), Umar Athamzoda (Saydullo Rahmatov, 89), Dako Stanoevich, Aleksandr Yesich, Oybek Qilichev (Sobit Sindarov, 78), Marko Obradovich (Doston Toshmatov, 89) "Olimpik": Vladimir Nazarov, Shoxjahon Sultonmurodov, Behzod Shamsiev (Jaloliddin Sodiqov, 66), Farruhbek Muxtorov, Otabek Joʻraqoʻziev (Bektemir Abdumannonov, 66), Ruslanbek Jiyanov (Muhammadali Gʻiyosov, 38), Dostonbek Tursunov, Sunnatulloh Hamidjonov (Eldorbek Begimov, 81), Alisher Odilov, Shahzod Toirov, Davron Anvarov (Abdurauf Boʻriev, 46) Ogohlantirishlar: Umar Athamzoda, 49, Akbar Toʻraev, 90 – Shaxzod Toirov, 44, Muhammadali Gʻiyosov, 87, Eldorbek Begimov, 90+2.