"Neftchi" nazorat oʻyinida maydonga tushdi
23-fevral, 2020·1 min o'qish
Bellashuv "Bunyodkor" akademiyasi maydonida boʻlib oʻtdi.
Boshlanayotgan yangi futbol mavsumiga qizgʻin tayyorgarlik koʻrayotgan Fargʻonaning "Neftchi" jamoasi 23 fevral kuni Toshkentda Superliga vakili "Bunyodkor" jamoasiga qarshi nazorat bahsida maydonga tushdi. Bellashuv "Bunyodkor" akademiyasi maydonida boʻlib oʻtdi. «BUNYoDKOR» - «NEFTChI» - 2:1 Gollar: Mirjahon Mirahmadov, 30 - 1:0. Gʻulom-Haydar Gʻulomov, 60-penaltidan - 2:0. Jamshid Toʻraqulov - 2:1