“NEFTChI” MAVSUMOLDI TAQDIMOTI TAShKIL ETDI

Jamoa oʻz oldiga Superligaga qaytish vazifasini qoʻydi Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy chempionati arafasida “Neftchi” klubining mavsumoldi taqdimoti oʻtkazildi. Fargʻona shahridagi Islom Karimov nomidagi Teatr va konsert saroyida tashkil etilgan tadbirda viloyat futbol federasiyasi mutasaddilari, klub rahbarlari, futbolchilar, fan klubi aʼzolari, muxlislar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar qatnashdi. Taqdimot marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Fargʻona viloyatida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilayotganini aytib oʻtdi. Ayniqsa, professional futbol klublarini shakllantirish, mazkur sport turini haqiqiy millionlar oʻyiniga aylantirish, istiqbolli va iqtidorli yosh futbolchilarni tanlash va tayyorlashning samarali tizimini yaratish muhim vazifaga aylanganini taʼkidladi. Joriy yilgi milliy chempionatning Superliga va Proligasida “Qoʻqon-1912”, “Turon“, “Neftchi”, “Istiqlol” jamoalari viloyat sharafini himoya qiladi. Viloyat hokimligi, viloyat futbol federasiyasi, hokimliklar, sohaga daxldor boshqarmalar tomonidan professional futbol klublarining ichki va xalqaro musobaqalarda qatnashishlari uchun reglament boʻyicha qanday qoida va talablar qoʻyilgan boʻlsa, ularni joriy etish, taalluqli sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari koʻrilmoqda. Viloyatda sifatli sport zaxirasini shakllantirish bosh maqsad qilib qoʻyilgan. Tadbirda “Neftchi” bosh murabbiyi Ilhomjon Moʻminjonov soʻzga chiqib, eʼtibor va yaratilayotgan sharoitlar uchun viloyat hokimiga, homiy tashkilotlarga jamoa minnatdorchiligini bildirdi. Bu yil komanda oʻz oldiga Superligaga chiqish vazifasini qatʼiy qoʻyganini, buning uchun, avvalo tartib-intizomni mustahkalash va jamoa tarkibini kuchaytirish borasida murabbiylar shtabi tashkiliy chora-tadbirlarni olib borayotganini aytib oʻtdi. – “Neftchi” futbol klubining moddiy-texnik bazasi mavjud, endi uni yanada mustahkamlash, zamonaviylashtirish kabi vazifalar oldimizda turibdi. Eng asosiysi, bu yil yana chiroyli oʻyinlarimiz bilan muxlislarni quvontiramiz, ularning ishonchini oqlaymiz,-dedi Ilhomjon Moʻminjonov. Taqdimot marosimida “Neftchi” PFK murabbiylari shtabi, mavsumda maydonga tushadigan futbolchilar, shu jumladan, tarkibga kelib qoʻshilgan legionerlar, jamoa libosi va «Neftchi» PFK yangi logotipi bilan tanishtirildi Shundan soʻng jamoaga yangi taklif etilgan futbolchilarning rasmiy tanishtiruv marosimi tashkil etildi. Quyida 2021 yilgi PRO-Liga musobaqalarida ishtirok etadigan "Neftchi" futbolchilarning toʻliq roʻyhati keltirilgan: Darvozabonlar: 1. Mashhurjon Muhammadjonov (Nasaf), 12. Shuhratillo Rahmonov, 45.Akbar Toʻraev. Himoyachilar: 18. Saydullo Rahmatov (AGMK), 22. Umar Adhamzoda (Neftchi), 18.Shavkat Mullajonov (Soʻgʻdiyona), 33.Tohirjon Shamsitdinov (Navbahor), 2.Akmal Shorahmedov, 4. Shodiyor Hojimatov, 5.Darko Stanoevich (Loznisa), 44. Darko Stanoevich (Surxon). Yarim himoyachilar: 8.Islombek Karimov, 17.Abdulloh Olimov, 7.Sobit Sindarov (Qoʻqon-1912), 6.Xudoyshukur Sattorov (Metallurg), 21.Aʼzamjon Aliev (Surxon), 14.Sherzod Karimov (Surxon), 11.Izzatilla Abdullaev (Buxoro), 10.Sardor Abdunabiev (AGMK), 77.Jasurbek Abdulbekov (Bunyodkor), 71.Ruslan Roʻziev (Paxtakor). Hujumchilar: 25.Sarvar Soliev, (Surxon), 91.Marko Obradovich (Oqjetpes), 9.Otabek Zokirov (Neftchi), 99.Ulugʻbek Hoshimov (Paxtakor), 13.Abdul Aziz Yusupov (Lokomotiv). Doston Toshmatov (Neftchi)


