Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTChI" JAKO LIBOSIDA TOʻP SURADI!

18-fevral, 2021·1 min o'qish
1280px-JAKO_blau_logo.svg

Ayni kunlarda Toshkent shahrida qizgʻin tayyorgarlik koʻrayotgan "Neftchi" futbol klubining joriy yil Pro liga birinchiligida qaysi brend ostidagi liboslardan foydalanishi maʼlum boʻldi. Oʻtgan mavsumda "ADIDAS" brendi ostida harakatlangan jamoamiz aʼzolari,bu yil mashhur sport anjomlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri boʻlgan JAKO firmasi bilan shartnoma imzoladi va ushbu brend ostidagi liboslardan foydalanadigan boʻldi. Jamoamiz poytaxtdagi yigʻindan qaytgach, yangi liboslar taqdimoti futbolchilarning tanishtiruv marosimida tantanali ravishda topshirilishi koʻzda tutilgan. Biz esa oʻz navbatida "Neftchi" PFKning yangi futbol mavsumida "JAKO" firmasininig brendi ostidagi ishtiroki omadli boʻlishiga umid bogʻlagan holda jamoaga ulkan zafarlar tilab qolamiz. "Neftchi" FK matbuot xizmati

01010202
Ulashish

O'xshash yangiliklar